AsosiySiyosat

Turkmanistonda muddatidan oldin prezident saylovlari o`tkaziladi

'Turkmanistonda muddatidan oldin prezident saylovlari o`tkaziladi'ning rasmi

11 fevral kuni Ashxobod shahrida Xalq maslahati Milliy kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, yig`ilishida Turkmanistonning kelgusi 30 yil ichida rivojlantirish rejalari muhokama qilingan.

"Mana, 15 yildan buyon eng yuqori va o`ta mas`uliyatli Turkmaniston prezidenti lavozimida ishlayapman. Shu bilan bir qatorda, men Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi, Davlat xavfsizlik kengashi raisi, Turkmaniston Qurolli Kuchlari oliy qo`mondoni, Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Kengash raisi vazifalarini bajaraman", — dedi Berdimuhamedov.

Arqadag` oson bo`lmagan qaror qabul qilganini ta`kidladi.

"Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvini zamonaviy yuksak talablar asosida tarbiyalangan yosh etakchilarga berish vaqt keldi degan fikrni qo`llab-quvvatlayman. Men kelgusida ham Xalq Maslahati raisi sifatida  katta hayotiy va siyosiy tajribamni ushbu sohaga yo`naltirish niyatidaman, - degan u yig`ilishda.

Endilikda mamlakat prezidenti sifatida uning o`g`li Sardor Berdimuhamedov kelishi kutilmoqda. Avvalroq u mamlakat rahbarligini o`g`liga toshpirmoqchi ekanini ma`lum qilgandi. O`tgan yilda o`g`lini bosh vazir o`rinbosari va qator yuqori lavozimlarga tayinlagan edi.

Rus OAV xabarlar berishicha, Arqadag` Turkmaniston markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari Prezidentlik saylovlarini o`tkazishga ko`rsatma bergan. Turkmanistonda prezidentlik saylovlari 12 mart kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar