AsosiySiyosat

Zelenskiy oilasi bilan Ukrainada qolishini ma`lum qildi

'Zelenskiy oilasi bilan Ukrainada qolishini ma`lum qildi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning oilasi mamlakatda ekanligini va hozirda uni tark etmoqchi emasligini ma`lum qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

"Mening oilam doim men bilan birga va doim men bilan Ukrainad qoladi. Men prezidentman, rafiqam shunchaki emas, u mamlakatning birinchi xonimi. U o`zini qanday tuta olishini boshqalarga ko`rsatishi va namuna bo`lishi kerak.

Zelenskiy dushanba kuni jurnalistlarning biznesmenlar va siyosatchilarning oila a`zolari bilan Ukrainani tark etayotgani haqidagi savoliga javob berdi.

"Menimcha ishonchli insonlar qolmoqda. Haqiqiy Ukraina fuqarolari qoladi va men ularga rahmat aytmoqchiman", - dedi prezident.

    Boshqa yangiliklar