AsosiySiyosat

Keskinlikni yumshatish vaqti keldi — Guterrish Ukraina masalalaraga to`xtaldi

'Keskinlikni yumshatish vaqti keldi — Guterrish Ukraina masalalaraga to`xtaldi'ning rasmi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, Ukraina atrofidagi keskinlik harbiy mojaroga olib kelmaydi, — deb yozadi “TASS”ga asoslanib O`zA.

— Men Evropada keskinlik kuchayishi va harbiy mojaro haqidagi noxolis axborot kuchayib borayotganidan chuqur xavotirdaman, — deydi Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq so`zlagan Antoniu Guterrish.

Bu vaziyatda diplomatiyadan boshqa muqobil yo`l yo`q. Barcha masalalar, jumladan, eng murakkablari ham diplomatik doirada hal etilishi kerak. Endi keskinlikni yumshatish vaqti keldi.

So`nggi paytda G`arb mamlakatlarida, shuningdek, Kievda Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo`lgan. 

Shu o`rinda, Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma`lumotni asossiz ayblov deb atadi.

    Boshqa yangiliklar