AsosiyShou-biznes
12665

Shahzoda: “O`g`illarimning san`atkor bo`lishini istamayman”

“Ilk marta farzandni qo`lga olgandagi baxtni hech narsaga tenglashtirib bo`lmaydi. Qalbdagi gumonlar ham tumandek tarqaydi. Katta o`g`lim Solih tug`ilganida yoshligim sabab bu baxtni bugungidek his qilmagandim. Xolidni ilk marta qo`limga olib, ona bo`lish baxtini chin dildan tuydim”,—deb hikoya qiladi xonanda Shahzoda “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida. 

Shuningdek, xonanda o`g`illari haqida quyidagilarni qo`shimcha qildi: 

“Xolidning tashqi ko`rinishi ko`proq menga o`xshasa kerak. Bolalikda men ham jingalaksoch bo`lganman.  Solih bilan esa fe`l-atvorimiz o`xshash. Muloyim, mulohazali yigit. Rostini aytsam, o`g`illarim san`atkor bo`lishini istamayman. Solih ayni damda universitetda tahsil olyapti, yaxshi iqtisodchi bo`lish niyatida. Xolid esa hozircha bolalik gashtini surmoqda”.

 

Boshqa yangiliklar