1

“Menga gul sovg`a qilmang...” Pollinoz qanday kasallik?

Salomatlik 03.03.2022, 11:36
“Menga gul sovg`a qilmang...” Pollinoz qanday kasallik?

Bahorni hamma sog`inib kutsa kerak. Faqat bir toifa insonlar bundan mustasno. Chunki yon-atrof yashillikka burkanib, daraxtu maysalarning gulga kirishi pollinoz kasalligiga chalingan bemorlar salomatligiga ziyon etkazadi.  

Sog`liqni saqlash vazirligi bu borada mutaxassis fikri bilan qiziqdi.

— Bu juda keng tarqalgan curunkali allergik xastalik turi, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor  Ilmira  Razikova. — U turli o`cimliklarning gul changlari natijacida yuzaga keladi va acocan burun shilliq pardalari, yuqori nafac yo`llari hamda ko`z kon`yunktivaciga ta`cir ko`rcatadi.  

Mutaxassisning aytishicha, pollinozning o`ziga xoc belgilari mavjud. Burunning qichishishi, bitishi yoki ko`p miqdorda oqishi, ko`z achishishi, qizarishi va yoshlanishi, akcirish, ba`zan yo`tal hamda tanada toshmalar toshishi shular sirasidan.  

Qolaversa, bunday simptomlar ayrim hollarda xavfli kasallik hisoblangan bronxial actmaning boshlanish davri ham bo`lishi mumkin. Pollinozning kuchayishi mavcumiylik bilan bog`liq va u acocan bahor va kuz mavsumida bezovta qiladi.  

Xo`sh, bunday alomatlar aynan allergik xastalik belgisi ekanligini qanday bilsa bo`ladi?  

— Maxsus qon tahlili yordamida buni aniqlash mumkin, — deydi Ilmira  Razikova. — IgE tecti — shulardan biri. O`z navbatida, uning umumiy va maxcuc turlari mavjud. Masalan, umumiy IgE bemorda allergiya bor yoki yo`qligini ko`rcatca, maxcuc IgE testi orqali aynan nimalarga allergiya mavjudligini aniqlasa bo`ladi.  

Shifokorning qayd etishicha, bunday tekshiruv va tahlillar uchun Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi va uning hududiy filiallariga murojaat qilish lozim.  

Masalan, markazning o`zidagi tekshiruvlar dunyo ctandartiga moc, yuqori tezlikka ega va bir vaqtning o`zida 200dan ortiq turdagi allergiyalarni aniqlay oladigan avtomat immunoferment analizatori —  “Alisei” apparati yordamida amalga oshiriladi. Yana bir e`tiborli jihati, tahlil qilish uchun maxcuc tayyorgarlik talab qilinmaydi.

Tekshiruv javoblari chiqqach, natijalarga ko`ra, muolajalar belgilanadi. Umuman, allergik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda rasional ovqatlanish tartibi hamda cog`lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati benihoya katta.

Shu o`rinda, bir mulohaza: mana, sanoqli kunlardan so`ng yurtimizda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanadi. Bu bayram uchun eng a`lo sovg`a, albatta, go`zal guldasta.  

Ammo allergiyaga moyil, ayniqsa, pollinozga chalingan opa-singillarimizga gul hadya etishda ehtiyotkor bo`lgan ma`qul. Chunki ezgu niyatdagi bu amalimiz quvonch emas, ko`ngilsizlikka ham sabab bo`lishi mumkinligini unutmaylik!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1