1

2026 yilda O`zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya hajmi 11 ming MVtga etkaziladi — Energetika vazirligi

Iqtisodiyot 03.03.2022, 14:39
2026 yilda O`zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya hajmi 11 ming MVtga etkaziladi — Energetika vazirligi

2026 yilga borib O`zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga, gidroelektr stansiyalari hajmi esa 2 920 MVtga (jami 10 920 MVt) etkaziladi. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Buning natijasida, O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (“yashil” energetika) ulushini tashkil qiladi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 mln xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta`minlash mumkin.

Yoki, ushbu hajmdagi tejalgan tabiiy gaz bilan qo`shimcha ravishda 15 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. 15 mlrd kVt.soat hajmdagi elektr energiyasi O`zbekiston aholisining qariyb (98%) 1 yillik iste`molini tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1