1

Endi Rossiyadagi o`zbekistonliklar O`zbekistonga dollar emas, rubl yuborishlari mumkin

Iqtisodiyot 03.03.2022, 16:16
Endi Rossiyadagi o`zbekistonliklar O`zbekistonga dollar emas, rubl yuborishlari mumkin

Markaziy bank axborot xizmati xabar berishicha, Rossiya rubli ayirboshlash kursi keskin tebranayotgan hamda birja va birjadan tashqari kurslar o`rtasida sezilarli tafovutlar yuzaga kelayotgan paytda Rossiyadagi fuqarolarimizning o`z mablag`larini erkin valyutaga almashtirish jarayonida yo`qotishlariga olib kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O`zbekiston Markaziy banki tomonidan:

  • ️barcha tijorat banklariga rossiya rublidagi pul o`tkazmalari bo`yicha ayirboshlash operasiyalarini uzluksiz amalga oshirish hamda valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o`rtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turish;

 

  • banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallashtirish maqsadida rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida o`zgartirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

Bu Rossiya Federasiyasidagi O`zbekiston fuqarolariga pul mablag`larini rossiya rublida yuborish va respublika hududida ushbu mablag`larni ixtiyoriy valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.

Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha choralar ko`rib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1