2026 yil 18 mart kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida fuqaro A.S. ariza bilan murojaat qilib, davlat ijrochisi undan ijro ishini tugatib berish evaziga 20 million so‘m so‘rayotganini bildirdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ish bo‘yicha qarzdomdan 30 million so‘m undirish belgilangan bo‘lib, ijro ishi MIB xodimlari tomonidan yuritilayotgan bo‘lgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida davlat ijrochilari fuqarodan 20 million so‘mni olib, uning bir qismini berib, qolganini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






