1

“O`zbekneftgaz”: Investision loyiha doirasida yil yakuniga qadar 1,095 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot 11.03.2022, 16:44
“O`zbekneftgaz”: Investision loyiha doirasida yil yakuniga qadar 1,095 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilmoqda

Gaz konlarini qidirish va o`zlashtirish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir qancha qo`shma korxonalar tashkil etilgan. Ustyurt hududida geologik qidiruv ishlarini olib borish va o`zlashtirish ishlari bilan shug`ullanadigan “Natural Gas-Stream” KQ MChJ ham anashunday hamkorlardan hisoblanadi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligida ushbu qo`shma korxona tomonidan ayni paytda “Sechanko`l”, “Oqjar” va “Chimboy” investision bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda “Urga” konida, “Oqchaloq” va “Chandir” guruhi konlarida qazish ishlarini amalga oshirish” investision loyihasi jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 701,4 million dollarni tashkil etadi.

Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 27 ta quduqda burg`ilash ishlari tugatildi va 600 kv.km. maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o`tkazildi.

Investision loyiha doirasida “Oqchaloq” konida qo`shma korxona tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• 15 ta quduq obodonlashtirildi.

• Uzunligi 78,9 km. tashkil etadigan gaz quvurlari o`tkazildi.

• 5,5 km suv quvuri o`rnatildi.

• 40,5 km elektro o`zatish liniyalari tortildi.

“Chandir” konida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• 137,7km gaz quvurlari o`tkazildi.

• 81,6km elektro o`zatish liniyalari, konni telefon a`loqa va internet bilan ta`mirlash maqsadida 119,8 km optik tolali aloqa liniyasi kabeli o`tkazildi.

• 133,3 km yo`l qurildi.

• 50 kishilik ishchilar shaharchasi qurildi.

“Urga” konida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• “Buxara-Ural” gaz quvuriga o`tqazish uchun gazni hisobga olish moslamasi barpo etildi.

• 23 kishilik ishchilar shaharchasi qurildi.

• 3 ta quduq obodonlashtirildi.

• 3,1km gaz quvurlari o`tkazildi.

Ayni paytda “Oqchaloq” investision blokida 1 ta quduqda yon stvolini kesish (Ko`kchaloq koni), 3 ta quduqni mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. “Urga” konida 1 ta quduqni mukammal ta`mirlash, 1 ta quduqda yon stvolini kesish, 1 ta quduqni gidravlik erilish bilan sinash ishlari olib borilmokda.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasining “Oqchaloq” konida joylashgan 3-sonli quduqda gaz yig`uvchi kollektorga ulanish ishlari amalga oshirildi. “Urga” konida 9-sonli quduqda yon stvolini kesish, 4-sonli quduqda qatlamni gidravlik yorilish ishlari olib borilgan. Quduqlarni gaz yig`uvchi kollektorga ulanish ishlari amalga oshirilgan.

2022 yil yakuniga qadar 1,095 mlrd metr kub tabiiy gaz va 27,2 ming tonna gaz kondensati qazib olish kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1