Samsung kompaniyasi 17 mart kuni Galaxy A oilasini to`ldiradigan yangi o`rta sinf smartfonlarining taqdimoti bo`lib o`tishi haqida tizer e`lon qildi. Xususan, Galaxy A53 va Galaxy A73 qurilmalari anons qilinishi kutilmoqda.
Tizer turli fonlarda har xil dizayn variantlarida “A” belgisini ko`rsatadi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu turli rangdagi smartfonlar tayyorlanayotganidan dalolat beradi.
Galaxy A53 va Galaxy A73 ning asosiy texnik xususiyatlari allaqachon ma`lum. Ushbu qurilmalardan birinchisi 6,5 dyuymli, ikkinchisi 6,7 dyuymli displeyga ega bo`ladi. Ularning ikkisi ham 120 Gts yangilanish tezligiga ega FHD + formatidagi (1080×2400 piksel) Super AMOLED Infinity-O paneli bilan jihozlangan.
Galaxy A53 modellari Samsung Exynos 1280 prosessoriga ega, Galaxy A73 esa Qualcomm Snapdragon 778 chipi bilan jihozlanadi.
Yangi mahsulotlarning boshqa xususiyatlari bir xil bo`lishi kutilmoqda. Jumladan, 32 megapikselli old kamera va 64 + 12 + 5 + 5 million pikselli konfigurasiyadagi to`rtta orqa kamera. Uskunaga 6/8 GB operativ xotira, 128/256 GB sig`imli flesh-disk, ekrandagi barmoq izlari skaneri, stereodinamiklar va NFC kontrolleri kiradi. Akkumulyator 25 vatt quvvatga ega bo`lgan 5000 mA/soat batareya bilan ta`minlanadi.