Rossiyaning bir qator nufuzli OAV nashrlarda 34 yoshli teleboshlovchi Kseniya Sobchak farzand kutayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kseniya Sobchak Maksim Vitorganga turmushga chiqqanidan buyon uning homiladorligi haqidagi xabarlar matbuotda tez-tez tarqalib turadi.
Ammo bu safar uning homiladorligi haqidagi xabar “Kommersant`” nufuzli nashri tomonidan chop etildi.
Nashrning rasmiy saytida teleboshlovchining rassom Lev Baksta ko`rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etgan suratlari joylandi. Mazkur suratga ilova tarzida shunday sarlavha berildi: «L'officiel bosh muharriri Kseniya Sobchak homilador. Sariq matbuot va mish-mishlar unga anchadan beri bu holatni bashorat qilib kelishadi, ammo bu faqat hozir haqiqatga aylandi».
Kseniya hozircha ushbu yangilikni izohlamayapti. Ammo u yaqinda bergan intervyularidan birida ona bo`lishga tayyor bo`lmasada, vaqt o`tayotganini tushunayotganini aytgan: «Men 60 yoshga to`lganda farzand ko`rmoqchi emasman. Hozir esa ular menga nima uchun kerakligini tushunmayapman. Ammo tabiatning qonun-qoidalariga ko`ra, men 40 yoshgacha bu masalani hal etishim kerak. Qanchalik vaqtli bo`lsa shuncha yaxshi. Vaqt o`tib boryapti».





