AsosiySUG'DIYONA

Do`mboq kelinning ozg`in kuyov bilan tushgan surati internetda shov-shuvlarga sabab bo`ldi (Foto)

Gana respublikasining Akkra shahrida yashovchi, hamshira Titti Mzanki sevgan yigitidan turmush qurish taklifini olgach, to`y oldidan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi va bir onda ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Tittining to`yi 25 iyun kuni bo`lib o`tadi, bu baxtli voqeani boshqalar bilan o`rtoqlashishni istagan qiz bo`lajak kuyov bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Ammo aksariyat suratni tomosha qilgan odamlar qizni tabriklash o`rniga, uni ko`tarishga uringan ozg`in kuyovning ustidan kulishgan, “Balki ular sevishishar, ammo kelin-kuyov bir-biriga mos emas”, “Bechora kuyov kelinni ko`taraman deb, sinib ketadi”, “Qiz kelin ko`ylakda juda xunuk ko`rinadi”, kabi turli izohlar qoldirishgan. Ammo bularni o`qigan qiz tushkunlikka tushmagan, balki birovlarning fikri unga qiziq emasligini bildirgan: “O`zingizni bosib oling. Bemaza izohlaringizning baxtimga hech qanday aloqasi yo`q… Samimiy tilaklaringiz uchun sizdan minnatdorman!”  

Tittining qomati shaxsiy hayotda baxtli bo`lishga haqqi bor-yo`qligi ustidagi munozara to`xtamagach, qiz mashhur Amerika portaliga yozishga majbur bo`ldi. Qizning irodasi, o`ziga bo`lgan ishonchidan hayratga tushgan tele va radioshoulardan turli takliflar yog`ilgan. Qizni himoya qiluvchi odamlar ham topilgan, ular qizning suratlaridan hayratga tushganliklarini bildirib, unga baxt tilashgan.

    Boshqa yangiliklar