AsosiySUG'DIYONA

Naomi Kempbell OITS ga qarshi kurashda ishtirok etgani uchun mukofotlandi

Britaniyalik supermode Naomi Kembell OITS va OIVga qarshi kurash ishlarida qatnashgani uchun mukofotlandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Naomi Kempbell 20 yildan beri OITS va OIV muammolariga katta e`tibor qaratib, xayriya ishlarini olib boradi. Uning beminnat xizmatlarini Amerikaning OITSni tadqiqot qilish jamg`armasi Nyu-Yorkda o`tkazgan tadbirida mukofotga loyiq deb topdi.  

Supermodel 23 yildan beri yaxshi biladigan do`stlari va yaqin tanishlari bilan tadbirda qatnashayotganligidan mamnunligini bildirgan. O`zining Tvitter sahifasida OITS ga qarshi, epidemiyani batamom yo`q qilishdek kurashda qatnashayotganidan faxrlanishini aytgan.

    Boshqa yangiliklar