1

"O`zbekistonda soliq ma`murchiligiga oid barcha o`zgarishlar to`xtatib turiladi" – Timur Ishmetov

Iqtisodiyot 24.03.2022, 11:14
"O`zbekistonda soliq ma`murchiligiga oid barcha o`zgarishlar to`xtatib turiladi" – Timur Ishmetov

O`zbekistonda hukumatning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish bo`ladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov ma`lum qildi.

“Topshiriq olindiki, tasdiqlangan byudjet taqchilligini saqlab qolish, ya`ni ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymaslik. Ish haqi, pensiya, nafaqalarni o`z vaqtida to`lab borish bo`yicha choralar ko`rish.

Soliq ma`murchiligiga oid barcha o`zgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishda tadbirkorlik sub`ektlari bilan ish olib boriladi.  

Markaziy bank tomonidan asosiy stavkani oshirish chorasi tashqi omillar ta`sirida vaqtinchalik instrument sifatida ko`rilyapti. Bizda ikkita yirik dastur bor: ipoteka va ta`lim krediti.  

Tijorat banklaridan ipoteka bo`yicha 20 yilga, ta`lim krediti bo`yicha 7 yilga resurslar davlat byudjetidan banklarga ajratiladi. Markaziy bank stavkasi bunga bog`langan edi. Qonunchilik bo`yicha resurslar uch foiz bandga va bankdan ajratilgan kreditlar ham uch foiz bandga oshishi kerak edi. Lekin yil oxirigacha bu chorani qo`llamaslik topshirig`i berildi”, — deydi moliya vaziri. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1