1

Shavkat Mirziyoev: "2030 yilga borib O`zbekiston aholisi o`rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatorida bo`lishiga erishmoqchimiz"

Iqtisodiyot 24.03.2022, 11:26
Shavkat Mirziyoev: "2030 yilga borib O`zbekiston aholisi o`rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatorida bo`lishiga erishmoqchimiz"

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida Prezident investisiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirish bo`yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Ma`lum qilinishicha, mamlakatimizning investision jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash yo`nalishida amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022 yildan e`tiboran Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar Kengashi yig`ilishlarini muntazam o`tkazib borish yo`lga qo`yiladi.

"Shuningdek, “kraud-sorsing” platformasi va zamonaviy raqamli echimlardan foydalangan holda, barcha tarmoqlar va hududlardagi investorlar va tadbirkorlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`tkazish amaliyotini davom ettiramiz. Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlarimiz natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotimizni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga etkazish ko`zda tutilgan.Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga etkaziladi. Biz O`zbekistonning 2030 yilga borib aholisi o`rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qo`yganmiz", dedi Prezident.

Xalqaro Forum davom etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1