AsosiyIqtisodiyot

Qarshida Evropa bankining boshqaruv ofisi ochiladi

'Qarshida Evropa bankining boshqaruv ofisi ochiladi'ning rasmi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Jahon banki hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi mas`ul rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokara o`tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.   

Xabarda aytilishicha, muloqot davomida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, viloyatning iqtisodiy va investision salohiyati yaqindan tanishtirib o`tildi. Xususan, viloyatning respublika miqyosida qishloq xo`jaligidagi o`rni, paxta-to`qimachilik klasterlariga, kichik biznes va ishlab chiqarish sohalarida yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sanoat zonalari faoliyati aytib o`tildi.  

Yakunda Jahon banki hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining mablag`lari hisobiga viloyatda kichik va o`rta biznes sohasidagi loyihalarni qo`llab-quvatlash, turli sohalarda hamkorlik ko`lamini kengaytirish maqsadida joriy yil yakuniga qadar Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruv ofisini ochish bo`yicha kelishuvga erishildi

    Boshqa yangiliklar