1

Toshkent xalqaro investisiya forumining ikkinchi kunida “Elektronika va elektrotexnika: kelajakka nazar” mavzusidagi panel munozarasi bo`lib o`tdi

Iqtisodiyot 25.03.2022, 20:22
Toshkent xalqaro investisiya forumining ikkinchi kunida “Elektronika va elektrotexnika: kelajakka nazar” mavzusidagi panel munozarasi bo`lib o`tdi

Bugun, 25 mart kuni Toshkent xalqaro investisiya forumining ikkinchi kunida “Elektronika va elektrotexnika: kelajakka nazar” mavzusidagi panel munozarasi bo`lib o`tdi. Ushbu forumda 56 davlatdan 1,5 mingdan ortiq yirik investor va yuqori darajali mehmonlar jamlangan.

Mahalliy va xorijiy ekspertlar muhokama chog`ida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, jahonning taniqli ishlab chiqaruvchilari bilan qo`shma korxonalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun jalb etilayotgan xorijiy investorlar uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratuvchi omillarni tahlil qildilar. Unda tashqari elektron mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirish masalasi kun tartibiga chiqdi.

«O`tgan yili elektrotexnika sohasini rivojlantirishga 150 million dollar sarmoya kiritdik. Siemens, Samsung kabi yirik kompaniyalar kompaniyalarimiz bilan elektrotexnikani rivojlantirish bo`yicha shartnoma tuzdi”, — dedi O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari Aziz Voitov. “Bu soha jadal rivojlanmoqda, unda 900dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. 

Artel, «O'zelektroapparat-Electroshield», FOTON kabi milliy korxonalar nafaqat ichki bozorga, balki qo`shni respublikalarga ham mahsulot eksport qilmoqda. Bu O`zbekiston kelajakda elektrotexnika sohasida jahon brendlari bilan raqobatlasha olishidan dalolat beradi. 

Mis elektrotexnika ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan metalldir. Ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlarini qondirish uchun biz yangi mis konlari, mis ishlab chiqaruvchi korxonalar ochmoqdamiz. Hukumat chet ellik investorlar uchun soliq yukini 50 foizga kamaytirish shaklida shart-sharoit yaratadi.

Elektrotexnika sanoatining xalqaro bozori xalqaro iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan segmentlaridan biridir. Uning jahondagi hajmi deyarli 1,2 trillion dollarga baholanmoqda. Xalqaro tadqiqotlar ma`lumotlariga ko`ra, yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan sanoat tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish qulay geografik joylashuvga ega bo`lgan va yalpi ichki mahsulotga nisbatan ilmiy-tadqiqot ishlari bo`yicha xarajatlar bo`yicha etakchi bo`lgan mamlakatlarda rivojlangan. O`zbekistonda ham ushbu sohani rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda va uning ishtirokchilari o`z oldiga ulkan rejalar belgilab bormoqda.

“O`eltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Mirziyod Yunusov elektronika va elektrotexnika O`zbekiston iqtisodiyotining asosiy yo`nalishlaridan biri ekanini alohida ta`kidladi. 

«Sanoatning mahsuldorligi oshib bormoqda va biz uning boshqa sohalarga qanday ta`sir qilishini amaliyotda ko`ryapmiz. Shunisi e`tiborga loyiqki, energiyadan tortib elektr stansiyasining ishlashi va maishiy xizmat ko`rsatish uchun jihozlargacha – hammasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 

Ushbu sohada 900dan ortiq korxona faoliyat yuritadi, ulardan 400tasi uyushmamiz tarkibida. Mahalliy standartlarimizni xalqaro darajaga moslashtirishga harakat qilyapmiz. Har qanday davlatda qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan mahsulotlar strategiyaning asosi bo`lib, O`zbekiston ham bundan mustasno emas. 

Ko`pgina kompaniyalar allaqachon o`z strategiyasini o`zgartirib, yuqori qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga e`tibor qaratmoqda. Bu soha nafaqat eksport geografiyasini kengaytiradi, balki eksport qilinadigan mahsulotlar sifatini ham oshiradi. Sektorni rivojlantirish uchun biz ilmiy-tadqiqot xarajatlarini oshirishimiz kerak. 

Xususiy kompaniyalar uchun inson kapitaliga sarmoya kiritish uchun sharoit yaratishimiz lozim. Bugungi kunda O`zbekiston iqtisodiyoti jozibador imijga ega: xavf darajasining pastligi, mintaqaviy bozorning yuqori salohiyati, davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi investorlar qiziqishini kuchaytirmoqda. Bizda xorijiy kompaniyalar investisiyasini jalb qilish va ularga resurslardan foydalanish imkoniyatini berish imkoniyati mavjud. O`zbekiston yaqinda Evropa Ittifoqining GSP+ umumiy imtiyozlar tizimiga qo`shildi.

“Texnopark” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori Sarvar Ahadov ta`kidlashicha, endilikda “yashil” ishlab chiqarishni rivojlantirish, quyosh batareyalari energiyasidan samarali mahsulotlar ishlab chiqarish zarur. Ekotizimga etkaziladigan zararni kamaytirish uchun ozonsiz muzlatgichlar ishlab chiqarish muhim. Bu allaqachon mavjud bo`lgan siyosatning shaffofligi, qog`ozbozlikni qisqartirish va soliq imtiyozlari fonida investorlarni o`ziga jalb qiladi. 

«O`zbekistonning investorlar uchun jozibadorligi yanada yuqori bo`lishi mumkin», – deydi ArtelElectronicskompaniyasi Kuzatuv kengashi a`zosi Kim Yu Tak. «Ularni rag`batlantirish uchun bozorga qulaylik va narx raqobatbardoshligi zarur. Mamlakat mintaqa ichida juda yuqori talabga ega, barcha qo`shni davlatlar bilan savdo shartnomalari mavjud. O`zbekistonda narx siyosati juda raqobatbardosh, davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. E`tibor talab qiladigan ayrim jihatlar bor, masalan, malakali mutaxassislar sonini ko`paytirish muhim, shuning uchun xususiy kompaniyalar o`z xodimlarining ta`limiga sarmoya kiritadilar».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1