23 aprel kuni start olgan xokkey bo`yicha U-18 yosh toifasidagi Osiyo va Okeaniya KubogidaO`zbekiston yoshlari amaldagi champion sifatida muzga chiqdi. Shu bois ularning elkasidagi mas`uliyat ham shunga yarasha edi. Qolaversa, avvalgisidan farqli o`laroq bu gal jami 10 mamlakat yoshlari g`oliblik uchun kurashayotgan edi.
Turnir davomida mag`lubiyat nimaligini bilmayodimlagan jamoa yoshlari hal qiluvchi bahsdaTailand termasiga qarshi muzga chiqdi.
Birinchi taymda hisob raqib tomonidan ochildi. 20 daqiqa davom etgan bahsdan so`ng Tailandan birozortda qolayotgan edik. Lekin muxlislar xokkeychilarimiz vaziyatni o`z foydamizga haletishimizga ishonishar edi.
Ikkinchi taymda yoshlarimiz hisobni tenglashtirishga muvoffaq bo`lishdi. Uchinchi davrda urilgan navbatdagi gol esa. Chempionligimizni ta`minlab berdi.
Shu tariqa kubok doirasidagi so`ngi uchrashuv 2:1 natija bilan O`zbekistonliklar foydasiga hal bo`ldi.
Taqdirlash marosimida eng yaxshi hujumchi, engyaxshi himoyachi, eng yaxshi darvozabon kabi qator nominantlarda g`oliblar taqdirlanishdi. Bundan tashqari 1 hafta davom etgan Osiyo va Okeaniya kuboginign g`oliblariga medal hamda kuboklar taqdim etildi.






