1

O`zbekiston qonunchiligida 1 maydan nimalar o`zgardi?

Jamiyat 01.05.2024, 09:58
O`zbekiston qonunchiligida 1 maydan nimalar o`zgardi?

O`zbekiston qonunchiligida 2024 yil 1 maydan bir qator o`zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o`zgarishlar taqdim etildi.

O`zbekistonda 1 maydan “tabaqalashtirilgan tariflar” bo`yicha elektr energiyasi va gaz narxi o`zgaradi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, yoqilg`i-energetika resurslarining 2024–2025 yillarda bosqichma-bosqich o`zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e`tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlari tasdiqlandi. 

 

Demak, 1 maydan boshlab elektr energiyasi narxi iste`molchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o`zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1000 so`m hamda 900 so`mdan qolmoqda.

Favqulodda vaziyatlarda ko`ngillilar guruhlari tuzilmoqda

“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Unga ko`ra, 2024 yil 1 maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyotiyo`lga qo`yiladi. Shuningdek, har bir hududda ko`ngillilar guruhlari tuzilib, ularni kuchli zilzila paytida aholini qutqarish ishlariga jalb etish ko`zda tutilgan.

Yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga moddiy yordam ko`rsatiladi

2024 yil 1 maydan reestrga kiritilgan yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun har oyda qo`shimcha pul to`lovlari o`rniga yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste`mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi.

Ijro etuvchi hokimiyatlarning hududiy boshqarmalari elektron hujjat aylanishiga o`tadi

“Ma`muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident farmoniga muvofiq, 1 maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo`linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to`liq o`tkaziladi

Poytaxtning Mirzo Ulug`bek tumani tajribasi amalga oshiriladi

Mirzo Ulug`bek tumanidagi tadbirkorlik sub`ektlari ehtiyojmand aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish jarayoniga autsorsing asosida jalb etiladi.

O`zbekistonda ayrim daryolar o`zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi:

  • Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o`zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;
  • daryo o`zanlari, sohil bo`yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag`al materiallari qazib olish huquqi faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizasiya qilinadi.

Xulosa berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko`ra, jismoniy va yuridik shaxslarga 10 dan ortiq xulosalar berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning tartibi belgilangan.

Fermerlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini qaytarish bo`yicha eksperiment yakunlanadi

2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar tajriba tariqasida respublika byudjetidan paxta va g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlari bo`yicha to`langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini bir vaqtning o`zida qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi.

Auksion savdosi orqali sanitariya-gigiena punktlarini o`rnatish huquqini qo`lga kiritish mumkin bo`ladi

Tadbirkorlik sub`ektlariga alohida jamoat joylari, aholi punktlari va ijtimoiy ob`ektlarda sanitariya-gigiena punktlarini o`rnatish huquqi beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1