Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo`li velosport musobaqasi uchun ma`lum vaqtga yopiladi. Bu haqida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, sportning velosport-shosse turi bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3 may kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 "Bektemir-Chorbog` q." avtomobil yo`lining 34-54 kilometrlari oralig`ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, G`azalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.
Bo`stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.






