AsosiySiyosat

Prezident OPEK Xalqaro jamg`armasi rahbarini qabul qildi

'Prezident OPEK Xalqaro jamg`armasi rahbarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 may kuni Toshkent xalqaro investisiya forumi dasturi doirasida OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari OPEK jamg`armasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o`rnini qayd etib, O`zbekistonda sanoat, infratuzilma, suv ta`minoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.

Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi ta`kidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmasevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash kabi yangi yo`nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar