1

99 foiz ayollar yo`l qo`yadigan 7 xato

SUG'DIYONA 14.06.2016, 14:19
Teglar: Er-xotin
99 foiz ayollar yo`l qo`yadigan 7 xato

Bir ko`rishda sevishib qolgan odamning muhabbati abadiy bo`ladi, degan afsona mavjud. Aslida ham shundaymikan? Ammo hech kim shoshilib, uy qurmaydi, kasb tanlamaydi, kasaldan forig` bo`lmaydi. Psixologlarning aniqlashicha, erkak va ayol munosabatlarida mas`uliyat ko`proq ayolning zimmasiga tushadi. Shuning uchun juflar bilan ish borilayotganda ayol bilan alohida, erkak bilan alohida gaplashiladi. Erkaklar ko`p hollarda ayollarni nohaq deb hisoblashadi. Haqiqatan ham qachonki ayol o`zgarsa, erkak ham o`zgaradi. Ayollar bilan ishlagan psixologlar aksariyat ayollar yo`l qo`yadigan xatoliklarni aniqlashdi, quyida ularning keng tarqalgan 7 tasi bilan tanishishingiz mumkin. 

№ 1 xato: Ortiqcha gapirish, ko`p pand-nasihat qilish

Erkak va ayol munosabatlaridagi asosiy xatolardan biri ayolning ko`p gapirishi, pand-nasihat qilishidir. Ba`zan ayol o`zining nima uchun kayfiyati yo`qligini tushuntirish o`rniga “Men sizga shuncha tushuntirsam ham hech baloni tushunmaysiz...” deb gap boshlab qoladi. Ayol mashinada ketayotganda ham yo`l bo`yi gapdan to`xtamaydi, uyga kelganda ham, hatto ovqat vaqtida ham javrashdan tinmaydi, ertasi kuni hammasi boshqatdan takrorlanadi. Bunday ayoldan erkakning tezda ko`ngli soviydi.
 
№ 2 xato: Bir-biriga zid ikki holat

Bu ikki holat quyidagilar: “Har doim erishiladigan” yoki “Hech qachon erishib bo`lmaydigan” ayollar mavjud. Erishish oson bo`lgan ayol juftining oldida qadrini yo`qotadi. Mabodo ayol oilada “Ona” vazifasini o`taydigan bo`lsa, erkak unga sevimli ayol sifatida qaray olmaydi, chunki “Ona” va “Sevimli ayol” tushunchasi umuman biri-biriga zid tushunchalardir. Shundan keyin u ko`chadan boshqa ayolni qidira boshlaydi.    
Haqiqiy ayol “Ona” va “Qiz” kombinasiyasidir. Ko`pincha ayollar hamma narsani erkakdan kutadi, aslida esa qarsak ikki qo`ldan chiqadi. 

№ 3 xato: Erkakni erga urish

Ayol ko`p hollarda eriga “orzusidagi erkak” emasligini ta`kidlashga harakat qiladi. “Judayam dangasasiz!”, “Bu hol qachongacha davom etadi?”, “Hech qachon ko`p pul topolmaysiz!” deb takrorlashni yoqtiradi. Rafiqasi tarafdan aytilgan bunday e`tirozlar erkakning o`ziga bo`lgan ishonchini so`ndiradi.

№ 4 xato: Haqiqiy baxtni anglamaslik

Ota-onalarning asosiy vazifasi qiziga baxtni his qilishni o`rgatishdir. Qiz bolaligida yaxshi baho olgani uchun, yaxshi xulqi uchun taqdirlanishini biladi. Katta hayotga qadam qo`yganda esa orzusidagi yigitni uchratib, “Endi baxtli bo`laman” degan ishonch paydo bo`ladi. Ammo oradan 2-3 yil o`tgach, o`zi kutgan baxtga erishmagach, hamma narsadan hafsalasi pir bo`ladi. Shuning uchun qiz bolaga yoshligidanoq oddiy narsalardan ham hayratlanishni, haqiqiy baxt sog`lik, tinchlik, xotirjamlikda ekanligini tushuntirish lozim.

№ 5 xato: Bolalarni erkalash lozim

Bolalarning his-tuyg`ularini tushunish lozim. Agar qizingiz yig`layotgan bo`lsa, uni “Bo`lar-bo`lmasga ko`z yosh to`kma”, deb urishmaslik lozim, balki “Sening o`rningda bo`lganimda men ham yig`lagan bo`lardim, hech nimadan xavotir olma, men sen bilanman” deb ko`nglini ko`taring. Pand-nasihat qilishdan o`zingizni tiying. Aksariyat ayollar esa, “Men sening o`rningda bo`lganimda...” deb vaziyatni battar chigallashtirishadi.

№ 6 xato: Erkakka gap bermaslik

Erkak gapirishni o`rganishi lozim. Agar erkak sukut saqlasa, ayol o`zini keraksiz his qiladi. Biroq erkaklar yolg`izlikda reja tuzishni yoqtiradi, bu haqda ayolga gapirishni lozim topmaydi. Mabodo u “Uch yildan keyin uy olish uchun, dam olish kunlarida ham ishlamoqchiman”, desa ayol xursand bo`lib, uni qo`llab-quvvatlaydi. Erkakka rafiqasi bilan birga yashayotganligi, u tayyorlagan ovqatlardan iste`mol qilayotgani kifoya, u shu narsalarni sevgi deb tushunadi. Ammo ayol buni tushunmaydi. Erkakning ishdan kelib, jimgina televizor ko`rishini, boshqa xonada uxlab qolishini tushunishni istamaydi. Bu haqda erkakka savol berilganda, “Axir men u bilan bitta uyda yashayapman-ku, hammasi joyida”, deb javob beradi. Ayol bilan doimo gaplashish lozim, erkak rafiqasiga “Men yaxshi ko`rgan ovqatni pishir”, desa uning shu gapdan ham boshi ko`kka etadi.

№ 7 xato: O`z go`zalligini anglamaslik

Nima uchun ayol ko`chaga chiqishdan oldin ko`zgu oldida kuymalanadi? Ko`chadagi begona odamlarga chiroyli ko`rinishga harakat qiladi, ammo uyidagi eriga go`zal ko`rinish uchun ozgina vaqtini qizg`anadi. Buning asosiy sababi ayolni ko`proq jamoatchilik fikri qiziqtiradi, eri esa har doim u bilan birga, uning fikrini u qadar ahamiyatli deb hisoblamaydi. Uyda o`ziga qaramay, sochi to`zg`ib yursa ham bo`laveradi degan fikr eng xato fikrdir. Ayol hamma joyda go`zal bo`lishi lozim.

Manba: Adme.ru

Sharhlar

Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
​“Erim puli ko`paygach, o`zgarib qoldi...”

12.07.2017, 16:22

“Yoshim qirq beshda. Uch farzandning onasiman, bir qizimni turmushga uzatganman. Erimning ishlari 2-3 yil oldin yurishib ketdi, topish-tutishi yaxshilandi. Puli ko`paygach, u o`zgarib qoldi. Ichadigan...
​Erkaklar diqqatiga: oila tinchligi sizning qo`lingizda!

04.07.2017, 17:08

«Ayolim bilan oxirgi paytlarda ko`p tortishib qolayapmiz. Uni xafa qilib qo`yayotganimni bilaman. Uzr-ma`zur qilib yarashib olsak ham, kichik tortishuvlarimiz bir-biriga ulanib, katta janjalga aylanishidan, oilaviy...
​«Ayb sendami, ayb mendami, endi yor?»

30.06.2017, 11:00

Aybdorlik hissiga taslim bo`lgan kishi qafasdagi qushdek yashashi, undan yiroq odam esa mas`uliyatsizga aylanib qolishi hech gapmas. Ushbu testimiz nafaqat sizning bu hisni qanchalik tuyushingizni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1