1

Davlat tashqi qarzi 2022 yil yakunlari bo`yicha 30,4 milliard dollarga etadi

Iqtisodiyot 28.03.2022, 13:11
Davlat tashqi qarzi 2022 yil yakunlari bo`yicha 30,4 milliard dollarga etadi

Davlat tashqi qarzi 2022 yil yakunlari bo`yicha 30,4 milliard dollarga etadi

Davlat qarzi har bir davlatning iqtisodiy siyosati, islohotlar qamrovi, dinamikasi bilan bog`liq bo`lib, so`nggi yillarda dunyoda tashqi qarzga bo`lgan talab oshib bormoqda. Chunki bugun har qanday davlat tashqi qarzni jalb qilmay turib, taraqqiyotga tezroq erishishi qiyin bo`lyapti.

Davlat qarzi ko`rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati 50-60 foizdan oshmaslik tavsiya qilingan bo`lsada, AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlari davlat qarzi eng yuqori darajaga etgan. Ya`ni, ularning tashqi qarzi YaIMga nisbatan «qizil chiziq»dan allaqachon o`tgan bo`lib, hatto ayrim davlatlarniki 100 foizdan ham oshgan. AQSh va Evropa davlatlari qarzni ko`proq tashqi bozordan olishni ma`qul ko`rsa, Osiyo mamlakatlari ichki bozordan olingan qarzlar hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishni lozim topadi.  

O`zbekistonda Moliya vazirligi e`lon qilgan «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasiga ko`ra, Davlat tashqi qarzi 2022 yil yakunlari bo`yicha 30,4 milliard dollarga (YaIMga nisbatan 41 foiz) etadi. 

Tashqi qarz «qizil chiziq»dan oshsa, nima bo`ladi? Xalqaro valyuta jamg`armasi tahliliga ko`ra, 1971-2007-yillarda dunyoning 100 dan ortiq davlatida qarzni to`lay olmaslik holati yuzaga kelgan. To`lovsizlik muammosi yuzaga kelishidan avval mazkur mamlakatlarda davlat qarzi YaIMga nisbatan 60 foizni tashkil etgan. Shu bois qonun darajasida davlat qarzi va unga xizmat ko`rsatish xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlarini belgilash, shuningdek, davlat qarzini boshqarishda parlament va jamoatchilik nazoratini o`rnatish bo`yicha samarali va yaxlit tizim yaratilishi lozim. 

Aynan shu maqsadida ishlab chiqilgan O`zbekiston Respublikasining «Davlat qarzi to`g`risida»gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o`qishda qabul qilinib, ikkinchi o`qishga tayyorlanmoqda. Shu kunlarda mazkur qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig`ilishlarida batafsil muhokama qilinmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1