1

Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalari sotuvini yo`lga qo`ymoqda

Iqtisodiyot 30.03.2022, 10:48
Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalari sotuvini yo`lga qo`ymoqda

Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30 martidan boshlab “Yangi O`zbekiston” va “Navro`z” mavzulariga bag`ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og`irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 
31,1 gramm og`irlikdagi esdalik tangalari sotuvga chiqarilmoqda. Bu haqda idora axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi.

Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Esdalik tangalari sotuvi yo`lga qo`yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1