AsosiySavol-javob

“Avtomobilda nur qaytargich nimcha bo`lmasa, qancha jarima to`lanadi?”

“Joriy yil 1 martdan boshlab avtomobilda maxsus nimcha bo`lishi kerakligi to`g`risida tartib kiritilgandi. Agar avtomobilda nimcha bo`lmasa, jarima miqdori qancha?”

Z.Xolto`raev, Qashqadaryo viloyati

X.SAYDALIEV, Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i:

— “Yo`l harakati qoidalari”ning transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar deb nomlangan 3-ilovasida tibbiyot qutichasi (aptechka), o`t o`chirgich, majburiy to`xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli jilet bilan jihozlanmagan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi belgilab qo`yilgan. Ushbu talablarni bajarmagan haydovchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 125-moddasi 5-qismiga muvofiq respublikamizda joriy etilgan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida jarima jazosi qo`llaniladi hamda transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ish ko`rib chiqilgunga qadar to`xtash joylarida ushlab turiladi.

ESLATIB O`TAMIZ: Bugungi kunda yurtimizda amalda bo`lgan eng kam ish haqi 130240 so`mni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, avtomobillarida maxsus nimchani olib yurmagan haydovchilar 651 200 so`m jarima to`lashga majbur bo`lishadi.  

Shuningdek, “Koreyada o`qish uchun kredit olish mumkinmi?”, “Ham nogironlik nafaqasi, ham oylik mumkinmi?”, “Qarzdorlik haqida qaerga murojaat qilay?”, “Sportchiman, harbiy xizmatga qabul uchun yordam beradimi?”, “Deklarasiya topshirishga majburmanmi?”, “Ikkinchi mutaxassislikka o`qish byudjetmi yoki kontrakt?” kabi savollarga “Darakchi” gazetasining 23 iyunda sotuvga chiqadigan 25-sonida javob topishingiz mumkin!

Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!

Boshqa yangiliklar