1

Global iqtisodiyot o`sishi sur`ati pasayadi — Jahon Banki  

Iqtisodiyot 19.04.2022, 18:55
Global iqtisodiyot o`sishi sur`ati pasayadi — Jahon Banki   

Bu Markaziy Osiyo va Evropadagi iqtisodiy vaziyat bilan bog`liq.

Jahon Banki global iqtisodiyot o`zishi prognozlarini pasaytirdi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar berdi.

Unga ko`ra, dunyo iqtisodiyoti Ukrainadagi harbiy mojaro sabab 3.2 foizga o`sadi (avvalgi prognoz  4.1 foiz).  Bank prezidenti Devid Malpassning ta`kidlashicha, bu Evropa va Markaziy Osiyo iqtisodiy o`sishi sekinlashishi bilan bog`liq.

Bundan avval Jahon Banki urush tufayli Ukraina iqtisodiyoti 45 foizga qisqarishini taxmin qilgan.

Ekspertlarning so`zlariga ko`ra, harbiy mojaro Sharqiy Evropaga pandemiyadan ham kuchliroq zarba beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1