AsosiyIqtisodiyot

Iste`molchilarga yil boshidan buyon 57,5 mlrd so`m keshbek to`lab berildi — DSQ

'Iste`molchilarga yil boshidan buyon 57,5 mlrd so`m keshbek to`lab berildi — DSQ'ning rasmi

Mart oyida iste`molchilar tomonidan yig`ilgan jami keshbek summasidan 23 aprel holatiga 22,7 mlrd so`m to`lab berildi. Umumiy hisobda yil boshidan buyon esa  57,5 mlrd so`m keshbek to`langan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Qolgan keshbek summalari qachon to`lanadi?

Ma`lum qilinishicha, sotuvchilar tomonidan 1080 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 260 mln so`m keshbek to`lanmaydi.  

Tadbirkorlik subektlari tomonidan:  

▪️soliq hisobotlari topshirilishi;  

▪️hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;

▪️soliq qarzdorligi kamaytirilishi  

inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to`lab boriladi.

Keshbekka qanday ega bo`lish mumkin?

2022 yil 1 yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxslar xarid so`mmasidan 1% keshbekka ega bo`lmoqdalar.

"keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

SOLIQ mobil ilovasini rasmiy platformalarda yangilash:

Play Market – https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile

App Store – https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

    Boshqa yangiliklar