1

"Meta" O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazilmoqchi

Hi-tech 19.05.2022, 09:13
"Meta" O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazilmoqchi

Bu haqdagi ma`lumot Intellektual mulk agentligi bazasida paydo bo`lgan.

Meta Platforms Inc.ning O`zbekistonda Meta Pay'ni ro`yxatdan o`tkazish uchun bergan arizasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bazasida aks etdi.

Ariza Facebook, Instagram va WhatsApp’ni boshqaruvchi korporasiya tomonidan 16 may kuni taqdim etilgan. 

Unda quyidagi faoliyat turlari ko`rsatib o`tilgan:

  • Onlayn to`lovlar hamda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun yuklab olinadigan dasturiy ta`minot, elektron moliyaviy platforma;
  • moliyaviy xizmatlar, elektron kartalar bilan tranzaksiyalarni qayta ishlash;
  • tranzaksiyalar va onlayn-o`tkazmalar, jumladan, kriptovalyutalarni qayta ishlovchi dasturiy ta`minotni taqdim etish.

Meta Pay — Mark Sukerberg korporasiyasining yangi nomidir. U to`lov tizimi uchun rebrending sifatida tanlangan bo`lib, 13 yildan buyon u Facebook Pay sifatida faoliyat olib borgan. Bu nom ostida u 160 davlatga kirib borgan va 55 valyutada to`lovlarni qabul qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1