1

Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Prezidenti bilan telefonda gaplashdi

Siyosat 19.05.2022, 18:37
Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Prezidenti bilan telefonda gaplashdi

19 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Turli darajalarda o`zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda beshta muhim yo`nalish – Davlat chegarasiga oid masalalarda, savdo-sotiqni ko`paytirish, sanoat kooperasiyasini kengaytirish, transport va energetika sohalarida qo`shma infratuzilma loyihalarini ilgari surish borasidagi amaliy hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e`tibor qaratildi.

Mintaqaviy muloqot masalalari muhokama qilinar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Etakchilar bo`lajak ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko`rib chiqdilar.

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiqlik, ishonch va do`stlik ruhida o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1