1

Xitoy hukumati O`zbekistonga 37,5 mln. dollar mablag` ajratdi

Siyosat 25.05.2022, 11:14
Xitoy hukumati O`zbekistonga 37,5 mln. dollar mablag` ajratdi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida O`zbekiston Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik to`g`risidagi bitimni imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, hujjat Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari A.Voitov va Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan tomonidan imzolandi.

Bitim Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan O`zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida beg`araz yordam ko`rsatishni nazarda tutadi.

Bugungi kungacha ikki mamlakat o`rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sog`liqni saqlash, ta`lim, qishloq va suv xo`jaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1