1

Og`ir atletika: Toshkentda o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkaziladi

Sport 25.05.2022, 19:58
Og`ir atletika: Toshkentda o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkaziladi

Joriy yilning 15-25 iyul kunlari poytaxtimizda og`ir atletika bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida qit`a chempionati bo`lib o`tadi.

Kecha Osiyo og`ir atletika federasiyasi mazkur chempionatda qit`a mamlakatlaridan ishtirok etadigan sportchilar to`g`risida taqdim etiladigan dastlabki talabnomalar muddati yakunlanganligini e`lon qildi.

Taqdim etilgan talabnomalarga ko`ra, 25 ta davlatdan 400 nafardan ziyod ishtirokchi to`g`risidagi ma`lumotlar jamlangan. Bunda yoshlar 250 nafarni, o`smirlar 200 nafarga yaqinni tashkil etgan.

O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi ma`lumotiga binoan, ushbu chempionatda yurtimiz terma jamoasi 40 nafardan ziyod sportchi bilan qatnashishi bo`yicha tashkiliy qo`mitaga taqdimnoma kiritgan.

Shuningdek, kecha Osiyo chempionatini o`tkazish tashkiliy qo`mitasi musobaqa logotipini ham e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1