AsosiySport

Etnosport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi

'Etnosport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi'ning rasmi

“Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–259-son, 25.05.2022 y.) qabul qilindi

 Qaror bilan Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda uni 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi” tasdiqlandi.  

 Shunga ko`ra, 2023 yil 1 martdan har yili etnosport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkaziladi.

 2023 yildan an`anaviy tarzda:

▫️Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari bo`yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali;

▫️Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi.

 2022/2023 o`quv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san`ati yo`nalishida o`rta bo`g`in kadrlari tayyorlanadi.

 2023 yildan har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi.

 Shuningdek, YuNESKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin bo`lgan etnosport turlari ro`yxati shakllantiriladi.

 2023 yil 1 yanvargacha har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar savdosini yo`lga qo`yish maqsadida do`konlar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar