1

Ikki o`zbek futbolchisi 2 yilga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatildi

Sport 27.05.2022, 14:43
Ikki o`zbek futbolchisi 2 yilga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatildi

O`zbekiston futbol assosiasiyasining Tartib-intizom qo`mitasi navbatdagi yig`ilishini o`tkazdi, deya xabar bermoqda tribuna.uz sayti. 

Unda O`zbekiston milliy chempionatlari doirasidagi uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko`rib chiqilgan. 

O`zbekiston Superligasining 10-turidan o`rin olgan «Qizilqum»— «Surxon» uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so`ng yon hakam sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3ta o`yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Superliganing 10-turi doirasidagi «Dinamo» — OKMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida OKMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o`yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi «Surxon» —  «So`g`diyona» uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib «Surxon» jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov o`yin to`xtatilgan vaqtda raqib o`yinchisining ko`krak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta o`yinga diskvalifikasiya va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Birinchi liga 6-turi doirasidagi «Orol» — «Chig`atoy» uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o`yin to`xtatilgan vaqtda «Orol» jamoasi futbolchisi Asad Jumanmuratov raqib o`yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Asad Jumanmuratovga nisbatan 3ta o`yinga diskvalifikasiya va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi «Qizilqum-W» — «Neftchi-W» uchrashuvning 90+2-daqiqasida «Qizilqum-W» jamoasi futbolchisi E`zoza Sharipova jamoasiga nisbatan o`yin qoidasi buzilgandan so`ng raqib o`yinchisi sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, E`zoza Sharipovaga nisbatan 3 ta o`yinga diskvalifikasiya qilish chorasi qo`llanildi.

Futzal Oliy ligasi 12-turi doirasidagi «Navbahor» — «Metallurg» uchrashuvining 40-daqiqasida hakam tomonidan «Navbahor» jamoasi o`yinchisi Doniyor Sotvoldievga qizil kartochka ko`rsatiladi. Shundan so`ng, «Navbahor» jamoasi futbolchisi Ilxom Yusupjanov uchrashuv hakami oldiga borib o`z e`tirozlarini qo`pol tarzda bildiradi va unga nisbatan kuch ishlatadi.

Shuningdek, jamoa a`zolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari ko`rilayotgan vaqtda yana bir «Navbahor» futbolchisi G`ulomjon Mamadjonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatadi.

Mazkur uchrashuv internet orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda namoyish etilayotgani, keyinchalik ushbu holat aks ettirilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy e`tirozlarga sabab bo`lgan.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Intizom kodeksining 5.48, 5.49-bandiga asosan «Navbahor» futbolchilari Ilxom Yusupjanov va G`ulomjon Mamadjonovga nisbatan 2 yil muddatga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Shuningdek, «Navbahor» klubi tomonidan 2022-yilgi mavsumda O`zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani uchun klubga ham jarima intizom chorasi qo`llanildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1