AsosiySiyosat

Tojikiston prezidenti O`zbekistonga keladi

'Tojikiston prezidenti O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Ushbu ma`lumotni Tojikistonning O`zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda tasdiqlagan. Tashrif doirasida biznes uchrashuvi, iqtisodiy va investisiya forumi, mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya va boshqa bir qator madaniy tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Diplomat tashrif yaqin kunlarda rejalashtirilgani, biroq aniq sana hozircha noma`lumligini aytgan. Rahmonzoda tashrif davomida hamkorlik masalalarini kengaytirish ko`zda tutilganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar