1

Iphone 14 maketining suratlari e`lon qilindi

Hi-tech 03.06.2022, 08:46
Iphone 14 maketining suratlari e`lon qilindi

iPhone 14 taqdimoti sentyabrda bo`lishiga qaramay, internetda smartfon maketlarning yangi fotosuratlari paydo bo`ldi. Bu haqda "WccfTech" ma`lum qildi.

Tarqalgan ma`lumotlarga ko`ra, arzon iPhone 14 va iPhone 14 Max "kokil" bilan qoladi, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max esa aylana va planshet shaklida kichik kesiklarga ega bo`ladi. Kichik modellarda diagonal linzali ikkita asosiy kamera bo`ladi. Ammo iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max’da kattaroq sensorlar bilan uchta kamera joylashadi. Mish-mishlarga ko`ra, 48 megapikselli sensorlar kichik modellarda qo`llaniladi.

Ilgari bo`lgani kabi, kichik modellar yaltiroq (glyanseviy) korpusda, kattalari esa jilosiz (matoviy) rangda qilingan. Taxminlarga ko`ra, iPhone 14 va iPhone 14 Max alyuminiy, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max esa titan ramkalarga ega bo`ladi. Ammo bu shunchaki taxmin ekani aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1