AsosiyDunyo

Qozog`istonda Konstitusiyani o`zgartirish bo`yicha referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi

'Qozog`istonda Konstitusiyani o`zgartirish bo`yicha referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha respublika referendumining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ovoz berish uchun 8 million 30 ming 739 nafar fuqaro saylov byulletenlarini oldi. Bu haqda referendum o`tkazish markaziy komissiyasi kotibi Muxtor Erman ma`lum qildi, deya xabar berdi "Kazinform"

“Referendum bo`yicha markaziy komissiyaning xabar berishicha, mamlakatning barcha hududlarida va xorijdagi 25 ta saylov uchastkasida ovoz berish yakunlangan. Qozog`iston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi 40 ta saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda. Viloyatlar, respublika ahamiyatiga molik shaharlar va poytaxt hududiy komissiyalari tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fuqarolarning referendumda qatnashish statistikasi Oqmola viloyati – 73,81, Aqto`be viloyati – 58,06, Olmaota viloyati – 72,83, Atirau viloyati – 67,68, Zapadno-Qozog`iston viloyati - 69,37, Jambil viloyati - 69,59, Qarag`andi viloyati - 7739, Qo`stanay viloyati - 72,28, Qizilo`rda viloyati - 79,89, Mang`istau viloyati - 61,19, Pavlodar viloyati - 75,53, Shimoliy-Qozog`iston viloyati -469, Sharqiy 5. Turk viloyati - Qozog`iston viloyatida – 77,49, Nur-Sulton shahrida – 57,06 foiz, Olmaotada – 33,30 foiz, Chimkent shahrida – 72,53 foiz», — dedi Muxtor Erman. 

Unga ko`ra, respublika bo`yicha referendumda ishtirok etish huquqi va imkoniyatiga ega bo`lgan fuqarolar ro`yxatiga 11 million 734 ming 642 nafar fuqaro kiritilgan. Saylov byulletenini 8 030 739 nafar fuqaro qabul qilgan. Bu ovoz berish ro`yxatiga kiritilgan aholining 68,44 foizini tashkil etadi.

 

Boshqa yangiliklar