1

O`zbekistonda erlarni xususiylashtirish boshlandi

Iqtisodiyot 09.06.2022, 14:06
O`zbekistonda erlarni xususiylashtirish boshlandi

“Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, Agentlikning “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali O`zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo`lgan er uchastkalarini xususiylashtirish uchun murojaatlar kelib tushish boshlandi.

Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri, “Yog` bozori” MFY, O. Maxmudov ko`chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Muxamadiev Ramz Erkinovichga qarashli meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o`ziga tegishli bo`lgan 271kv.m er maydoniga fuqaroning tegishli arizasiga muvofiq mulk huquqini beruvchi ENG BIRINChI DAVLAT ORDERI rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar uchun qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va ijara huquqi asosida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

Joriy yil 1 iyun holatiga respublika bo`yichajami 22 mingdan ortiq er uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan bo`lib, shundan 10 mingga yaqini mulk huquqida 1 185 ta er uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan jami 140,1 mlrd. so`mga sotildi, shundan mulk huquqi bilan sotilgan er uchastkalri 68tani tashkil etadi.

Jumladan, “SAM-MAROQAND-OIL” MChJ tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali Samarqand shahar, “Rasadxona” MFY hududidagi sotib olingan 1 410kv.m. er uchastkasi uchun birinchi raqamli “Er uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi” berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1