Iyun oyining so`nggi o`n kunligida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Bu haqda ayni paytda Ozarbayjonda bo`lib turgan "darakchi.uz" jurnalisti xabar bermoqda.
Mazkur tashrif arafasida O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarbayjon davlat turizm agentligi hamkorligida bir guruh o`zbekistonlik jurnalistlar uchun Ozarbayjonning madaniyati, tarixiy va madaniy ob`ektlari, qolaversa, urf-odati, an`analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mazkur davlatga sayohat tashkillashtirildi.
Ushbu infotur doirasida Diaspora bilan ishlash bo`yicha davlat qo`mitasi rahbari o`rinbosari Faik Guliev Ozarbayjon rahbarining tashrifi haqida gapirdi.
"Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev 21−22 iyun kunlari O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan boradi", — dedi Faik Guliev.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilgan, tashrif doirasida esa o`zaro munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, joriy yil, 16 may kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi delegasiyani qabul qilgan. Mazkur qabulda Nurdinjon Ismoilov Shavkat Mirziyoev Prezident Ilhom Alievning O`zbekistonga tashrifini kutayotganini ma`lum qilgan edi.
Ma`lumot uchun: 15-19 iyun kunlariga mo`ljallangan o`zbekistonlik jurnalistlarning Boku shahridagi infotur dasturiga ko`ra, shaharning qadimiy va zamonaviy maskanlari, turizm maskanlari, qardosh xalqning urf-odatlari, milliy qadriyatlari va mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan yaqindan tanishish rejelashtirilgan. "darakchi.uz" jurnalisti go`zal Bokuning o`ziga xos tarixi va buguni haqidagi ko`plab ma`lumotlarni yaqin vaqtlarda batafsil berib boradi.
16.03.2023, 10:31
5 mart kuni Armaniston tomonidan sodir etilgan provokatsiya Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Lochin yo‘lining so‘nggi nuqtasida chegara nazorat postini tashkil etish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.Bu haqda...21.01.2023, 12:48
Ozarbayjonda 1990 yil 20 yanvardagi fojiali voqealar qurbonlarini yodga olindi. Shu kuni butun Ozarbayjonda bir daqiqalik sukut e`lon qilindi. Kemalar, mashinalar va poezdlar motam sadolarini...17.12.2022, 10:45
Bir necha kundan buyon Xonkendi-Lochin yo`lida Ozarbayjon fuqarolik jamiyati vakillarining “Qorabog`da ekologik terrorga yo`l yo`q” shiori ostida tinch aksiyasi o`tkazilmoqda.Hammasi Qorabog`da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari,...13.12.2022, 13:03
Bir guruh ozarbayjonlik ekologlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining Lachin-Shusha yo`lida Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishga qarshi norozilik aksiyasi...