Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Chirchiq shahrida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan D.A. boshqa bir fuqaro Sh.ga jami 5 200 AQSh dollarini 57 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Paxtakor tuman bo`limi, viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan A.N. boshqa bir fuqaro J.ga jami 3 500 AQSh dollarini 38,2 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.