AsosiySiyosat

O`zbekiston va Turkmaniston: Toshkentda yana bir katta xalqaro anjuman tashkil etildi

'O`zbekiston va Turkmaniston: Toshkentda yana bir katta xalqaro anjuman tashkil etildi'ning rasmi

Bugun, 12 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “O`zbekiston va Turkmaniston:hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Tadbir Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Turkmaniston tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiya ishida bundan tashqari ikki mamlakatning qator davlat muassasalari va tahlil tuzilmalari ekspertlari ishtirok etdi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti,O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va ushbu vazirlik huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi O`zbekistonning eng yangi tarix Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi,TurkmanistonRespublikasi milliy madaniyat markazi, Turkmaniston tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar instituti qoshidagi Strategik tadqiqotlar ilmiy markazi, Turkmaniston gumanitar fanlar xalqaro universiteti, Turkmaniston Fanlar akademiyasi Maxtumquli nomidagi Til, adabiyot va milliy qo`lyozmalar instituti vakillari qatnashdi.

Ekspertlar o`zbek-turkman hamkorligining bugungi holati, mamlakatlarimiz zrtasida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollari, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari doirasida o`zaro hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Unda  ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalar ko`p asrlik do`stlik, yaqin qo`shnichilik va qardosh xalqlarning o`zaro hurmat tamoyillariga asoslangan holda faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O`zbekiston etakchisining 2017 yil mart oyida  Turkmanistonga ilk xorijiy tashrifi ikki tomonlama aloqalarning yangi ijobiy dinamikasiga mustahkam asos yaratdi..

Davlat rahbarlarining qat`iy siyosiy irodasi va o`zaro munosabatlarning yangi yondashuvlari tufayli siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar aloqalarni salmoqli kengaytirish va mustahkamlash, butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, tigchlik va jadal taraqqiyotni yanada  rivojlantirishga xizmat qildi.

O`zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida BMT qiyofasida xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan keng ko`lamli va uzoq muddatli strategiyalar, konsepsiyalar va dasturlarni amalga oshirishda yondashuvlarining yaqinligi muhim ahamiyatga ega. Tomonlarning qo`shni Afg`onistonda tez orada fuqarolar tinchligi va totuvligiga erishish uchun har tomonlama ko`maklashishga tayyorligi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

So`zga chiqqanlar rasmiy Toshkent va Ashxabodning nafaqat ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashdan balki umumiy bo`lgan Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta`minlanishidan manfaatdorligini bildirdi.

Tadbir o`zbek-turkman hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini belgilash, mintaqaviy muloqotni mustahkamlash va yanada kengaytirishda fikr almashish uchun samarali maydonga aylandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar