1

2022 yilning 6 oyida O`zbekistonda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 23.07.2022, 12:28
2022 yilning 6 oyida O`zbekistonda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi

 Engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 52 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlarda aks etgan. 

Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekistonda 160 523 ta engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi esa quyidagicha:

—  Avtomobil benzini 563 ming tonna

Ko`mir2,5 mln. tonna

—  Neft 383,4 ming tonna

—  Gaz kondensati – 655,4 ming tonna

—  Engil avtomobillar160 523 dona

—  Avtobus483 dona

—  Yuk avtomobillari – 2 166 dona

—  Avtomobil dvigatellari116,3 ming dona

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1