AsosiySiyosat

Toshkentda "Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyasi o`z ishini boshladi

'Toshkentda "Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyasi o`z ishini boshladi'ning rasmi

Bugun, 26 iyul kuni  Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan “Afg`oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi. 

Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy delegasiyalar ishtirok etmoqda deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.

Jumladan, nufuzli tadbirda Markaziy va Janubiy Osiyo, Evropa, Amerika, Yaqin va O`rta Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqalarining Afg`onistonda barqarorlikni tiklashga bevosita jalb etilgan 20 dan ortiq davlatning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakillari, o`nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, BMT, Evropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg`oniston Muvaqqat hukumati delegasiyasi ishtirok etmoqda.

Tadbirni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ochib berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo`yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov  Prezident Shavkat Mirziyoevning konferensiya ishtirokchilariga murojaatini o`qib eshittirdi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Gutterishning konferensiya ishtirokchilariga yo`llagan tabrigini o`qib eshittirdi.

Anjumanda Afg`onistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afg`on xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni ta`minlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar ko`rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya doirasida qo`shni Afg`onistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti ham bo`lib o`tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar