2022 yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga 21,5 trln so`m bojxona to`lovlari undirilgan. Tushumlar 6,4 trln so`mga yoki 43 foizga oshdi
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriev xabar berdi.
Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln so`mni tashkil etib, aylanma mablag` sifatida 12,1 mingta xo`jalik sub`ektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln so`mga yoki 77 foizga ortdi.
Tezkor tadbirlarda:
- 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli ta`sir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolingan.
- 8 420 ta holatda 434 mlrd so`mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlangan.
- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd so`mlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo`yilgan.