1

Fuqarolar bog`chalarga to`laydigan 3 mln so`mgacha mablag`lari soliqdan ozod etiladi

Iqtisodiyot 27.07.2022, 13:26
Fuqarolar bog`chalarga to`laydigan 3 mln so`mgacha mablag`lari soliqdan ozod etiladi

Sal avval xabar qilganimizdek, Soliq kodeksiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi, deb xabar berdiAdliya vazirligi.

Hujjatga ko`ra, talabalarning O`zbekiston oliy ta`lim tashkilotlari hududida pulli o`quv kurslari, sport to`garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta`lim xizmatlarini ko`rsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi.

Shuningdek, soliq to`lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko`rsatadigan ta`limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to`lanadigan oyiga 3 mln so`mgacha bo`lgan to`lovlariga yo`naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

O`quvchi va talabalarning ta`lim olishi uchun professional va oliy ta`lim tashkilotlari bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha pulli-kontrakt asosida o`tkaziladigan mablag` xarajatlariga ham soliq to`lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1