2022 yilning 28 iyul kuni soat 11:40lar atrofida Samarqand shahrining Bo`stonsaroy va Ro`dakiy ko`chalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “ZIL” rusumli transport vositasi haydovchisi M.Ch. rul boshqaruvini yo`qotib, shu chorrahadagi ko`prikdan pastga tushib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, haydovchi Tibbiyot birlashmasiga olib borilib, shifokor yordami ko`rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand IIb haydovchining ahvoli haqida ma`lumot berdi