O`rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek 100 ta daraxtga emas balki 7 ta daraxt ildiz tizimining ust qismiga qisman zarar etkazilgani ma`lum bo`lgan.
"Zudlik bilan ularni qutqarish chora-tadbirlari belgilab olindi. Xususan, O`zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog`i bo`lim boshlig`i Atirgul Xolmirzaevaning ko`rsatmalariga binoan, uch qismdan iborat bo`lgan er tarkibining ikki qismini biogomus, qolgan bir qismini qum bilan aralashtirgan holda to`ldirish kerakligi ta`kidlandi. Ildizlari ochilib qolgan qismlarga fitosparin, mayda ildizlarning o`sib ketishi uchun kornevin preparatlari tavsiya etildi. Daraxtlarning ildizlarini oziqlantirish uchun mikroelementli gumatni suv bilan to`yintirib, sug`orish kerakligi aytib o`tildi",-deyiladi hokimlik xabarida.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimi tomonidan mas`ullarga loyihadagi olti chiziqli avtomobil yo`li o`rniga to`rt chiziqli avtomobil yo`lini qoldirish, ortib qolgan joyni esa yashil hududga aylantirish topshirig`i berilgani aytiladi. Jahongir Ortiqxo`jaev shahar prokuroriga ushbu loyihada qo`yilgan xatoliklar uchun loyiha institutiti, quruvchilar, ekologiya bo`limi va umuman ushbu loyihada qatnashgan barcha mutasaddilarga chora ko`rilishi zarurligini ta`kidlagan.
Ortiqxo`jaev, shu jumladan, ushbu jarayonga befarq bo`lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.
"Shu erda ish olib borayotgan mutasaddilarning e`tiborsizligi va mas`uliyatsizligi tufayli yuzaga kelgan mazkur holat hamda poytaxt aholisi qalbida vujudga kelgan xavotir uchun uzr so`raydi",-deyiladi xabarda.
Samarqandda Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirdi. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplaens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Qoʻqon shahrida nazorat tadbiri oʻtkazgan.
Bosh konsulxona ko‘magida O. V. ga “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.