1

Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari

SUG'DIYONA 04.08.2016, 11:21
Teglar: Ayol
Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari

Ba`zan kiyimga tushgan yog` dog`i kishi ko`nglini xir qiladi. Ammo, xafa bo`lishga shoshilmang, quyidagi tavsiyalarga rioya qilib, dog`lardan osongina xalos bo`lishingiz mumkin. 

Dog` yangi bo`lsa…

Kir sovun

Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog`ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog` joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o`rab qo`ying), so`ng oddiy usulda yuvib tashlang.

Shakar va kir sovun

Dog` bo`lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho`tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so`ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.

Tuz

Kiyimda dog` paydo bo`lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so`ng yuvib tashlang.

Bo`r kukuni

Bu usulni paxta tolasi, zig`ir tolasidan bo`lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo`llash mumkin. Dog` bo`lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO`ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving.

Ammiak

U och rangli sun`iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho`llab, dog` bo`lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo`yib, o`rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing.

Kraxmal

Kraxmal kukunini olib, dog`li joyni u bilan ishqalang, o`n daqiqacha kutib, so`ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang.

Idish-tovoq yuvish vositasi

Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog` joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So`ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang.

Dog` eski bo`lsa…

Benzin

Eski dog`ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog`ozni benzinda namlang, uni dog`li kiyim tagiga qo`ying, ustini esa benzinda ho`llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig`ir tolasidan gazlamalardan dog`larni ketkazish mumkin.

Tuz

Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog`li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so`ng odatdagidek yuvib tashlang.

Kraxmal

Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog` ustiga suring. U dog`ni o`ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang.

Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi

Masalliqlarni tish pastasidek bo`lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog`li hududga suring, so`ng cho`tka bilan ishqalab, o`n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.

Cirka

Cirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.

Koka-kola

Yog`li dog`ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog`li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.

Manba: ayol.uz

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1