AsosiyJAMIYAT

Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanib, undan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlandi.

'Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xabarlar yuzasidan Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili muassasaga tashrif buyurib, holatni o‘rgangan.

Xususan, murojaatda tilga olingan shaxs bilan holi suhbat o‘tkazilib, uning saqlanish sharoitlari, bildirilgan vajlar hamda tanasida jarohat izlari mavjud yoki mavjud emasligi tekshirilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 4-son tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Shuningdek, murojaatda qayd etilgan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar va boshqa materiallar Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq protsessual qaror qabul qilish uchun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.

Ombudsman mazkur holat yuzasidan olib borilayotgan tekshiruv va o‘rganish ishlarini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilib borishini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:12

    'Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:14

    Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi

    Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Farg‘onada “Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:09

    'Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 17:25

    Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin

    Prezident Shavkat Mirziyoyev sudlarda komplaens nazorati tizimi samaradorligini oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    'Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:24

    Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Hodisa haqida 8-iyun kuni soat 13:50 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

    'Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:21

    Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi

    Hodisa vaqtida poezddagi yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar bo‘lmagan.