AsosiyDUNYO

Filippindagi kuchli zilzila qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

Tabiiy ofat natijasida 200 nafardan ortiq kishi jarohat olgan.

'Filippindagi kuchli zilzila qurbonlari soni 19 kishiga yetdi'ning rasmi

Filippin janubida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 7,8 magnitudali zilzilaning episentri Mindanao oroli sohillari yaqinida, General-Santos shahri atrofida joylashgan. Asosiy silkinishdan keyin bir nechta kuchli aftershoklar ham qayd etilgan bo‘lib, ulardan birining magnitudasi 6,7 ni tashkil etgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati binolar qulashi, ko‘chkilar va vayronalar ostida qolishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Tabiiy ofat natijasida 200 nafardan ortiq kishi jarohat olgan.

Zilzila oqibatida qator hududlarda turarjoy binolari, maktablar, avtomobil yo‘llari va boshqa infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Tabiiy ofatdan so‘ng Filippinning sohilbo‘yi hududlari hamda qo‘shni davlatlar uchun tsunami xavfi e’lon qilingan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan mazkur ogohlantirish bekor qilingan.

Filippin Prezidenti Ferdinand Romualdes Markos kichik jabrlangan hududlarda ta’lim jarayonini vaqtincha to‘xtatish va oqibatlarni bartaraf etish ishlariga qo‘shimcha kuch hamda vositalarni jalb qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ayni paytda qutqaruv xizmatlari vayronalarni tozalash va ehtimoliy jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Filippin tarixidagi eng halokatli zilzilalardan biri 1976 yil 17 avgust kuni Moro qo‘ltig‘ida sodir bo‘lgan. Magnitudasi 7,9–8,1 bo‘lgan ushbu zilzila va undan keyin yuzaga kelgan tsunami oqibatida taxminan 5 mingdan 8 ming nafargacha inson halok bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 09:53

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 09:50

    'Anqarada ota 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan tashlab yuborish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 09:43

    Anqarada ota 3 yoshli qizini garovga olib, derazadan tashlab yuborish bilan tahdid qildi

    Xotini bilan janjallashib qolgan erkak 3 yoshli qizini pichoq bilan garovga olgan.

    'Filippinda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 04:32

    Filippinda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi

    Mahalliy hokimiyat aholini qirg‘oqbo‘yi hududlarini tark etib, balandroq joylarga ko‘chishga chaqirdi.

    'Armanistonda parlament saylovlari yakunlandi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 02:32

    Armanistonda parlament saylovlari yakunlandi

    Hozircha ovozlarni sanash jarayoni davom etmoqda.

    'Rossiya Chernobildagi yadroviy infratuzilmaga hujum qildi'ning rasmi

    DUNYO 07.06.2026 16:22

    Rossiya Chernobildagi yadroviy infratuzilmaga hujum qildi

    Zelenskiyning aytishicha, obyektga “Shahed” rusumidagi dron zarba bergan.