O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 avgust kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda PRezident matbuot xizmati xabar qildi.
Mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar ko`rib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, O`zbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.
Ta`kidlash joizki, joriy yilning etti oyida tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Ayni paytda savdo ko`rsatkichlarining o`sishi yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlarni o`zaro etkazib berishni ko`paytirish hisobiga ta`minlanmoqda.
Hududlar o`rtasida faol va samarali almashinuvlar amalga oshirilmoqda, shu yilning kuzida uchinchi O`zbekiston-Rossiya hududlar forumini o`tkazish rejalashtirilgan. Muhim investision loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlar davom ettirilmoqda.
Suhbatda O`zbekiston va Rossiya etakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish bo`yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish orqali mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, bo`lajak ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Davlat rahbarlari joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va o`tkazish masalalariga alohida to`xtaldilar.
O`zbekiston Prezidenti va Rossiya Prezidentining telefon orqali muloqati har doimgidek konstruktiv, ochiq va do`stona ruhda o`tdi.
21.01.2023, 11:15
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara qilishdan bosh tortdi, chunki u Rossiya Federasiyasi rahbari tirik ekanligiga ishonchi komil emas. Zelenskiy bu...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...06.01.2023, 10:59
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rojdestvo sulh haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ukraina rahbarining fikricha, Rossiya shu bahona bilan Ukraina va Evropaga qarshi...05.01.2023, 10:22
Vladimir Putinning sog`lig`i holati so`nggi paytlarda matbuotning asosiy mavzusiga aylandi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov diktatorning yashashga juda oz vaqti qolganiga ishonadi. Bu haqda Kirill...